Yangi tarif rejasi – oliy darajadagi ikki karra cheksizlik!

  •   DiMaX
  •  3999
  •  07.08.2020 15:47

Yangi tarif rejasi – oliy darajadagi ikki karra cheksizlik!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi o‘zining Uzonline brendi ostidagi uy interneti uchun yangi tarif joriy etdi. «UNLIM 10 Premium» deb nomlangan ushbu tarif rejasi haqida ikki karra cheksiz va eng yuqori tezlikka ega, deyiladi UZTELECOM rasmiy saytidagi xabarda.

O‘QING: Operator 40% dan 90%gacha «QAYNOQ ChEGIRMALAR»ni e’lon qildi!

Bu tarif rejasi o‘zida 300 Mbit/soniyagacha cheksiz uy internetini va butun O‘zbekiston bo‘ylab cheklanmagan chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga ega uy telefoni (IP-telefoniya/videotelefoniya) xizmatini mujassam etadi. Tarif rejasi orqali hech bir to‘siqlarsiz internet olamida yuqori tezlikda «kezish», shuningdek daqiqalar, soatlar va hatto, kunlar haqida o‘ylamagan holda yaqinlar va qadrdonlar bilan uy telefoni orqali suhbat qurish mumkin.

Bunday ikki karra cheksiz imkoniyatlar – bir vaqtning o‘zida internet va telefoniya xizmati to‘lov qiymatiga kiritilgan tarif rejasi O‘zbekiston bozorida ilk marotaba tuhfa etilmoqda. Uy interneti aholi uchun hech qachon 300 Mbit/soniyagacha tezlikda taqdim etilmagan.

«UNLIM 10 Premium» tarif rejasi GPON texnologiyasi bo‘yicha ulangan abonentlar uchun foydalidir. Agarda kunduz kuni tezlik 10 Mbit/soniyani tashkil qilsa, tunda (00:00 – 12:00) ushbu tezlik 300 Mbit/soniyagacha oshiriladi.

Shunisi e’tiborliki, 300 Mbit/soniya tezligi abonent tomonidan o‘rnatilgan uskunaning konfiguratsiyasiga qarab, e’lon qilingan tezlikdan farq qilishi mumkin, ammo operator tomonidan bunday cheklovlar bo‘lmaydi.

Yangi «UNLIM 10 Premium» tarif rejasi hafida batafsil mazkur havola yordamida tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: «O‘zbektelekom»ning nayrangini dasturchi fosh etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!