Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

  •   DiMaX
  •  3271
  •  30.10.2018 10:40

Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Zamonaviy Meksika hududidagi qadimgi hindularning Teotiuakan shahrida eng yirik inshoot Quyosh piramidasi bo‘lsa, ikkinchisi Oy piramidasi bo‘ladi. Oy va suv ma’budasiga atab eramizning III-V asrlarida barpo etilgan ushbu obida ham siru sinoatlarga to‘la.

O‘QING: Niqob allaqachon yechilgan: yuz yillikning jumboqlari...

Oy piramidasi va uning atroflarini yaxshiroq o‘rganish uchun tarixchilar va geofiziklar hamkorlikda binoning  elektrotomografik tadqiqini o‘tkazishdi. Bunda yangi texnologiyalardan foydalanish tufayli olimlar avval ma’lum bo‘lmagan yer osti yo‘lini topishdi.

Ushbu tunnel 8 metrlik chuqurlikda joylashgan bo‘lib, unga kirish yo‘li piramida oldidagi Oy maydonida joylashgan. Yer osti yo‘lining oxirida esa uzunligi 15 metrlik maxsus xonaga olib boradi. Olimlarning fikricha, bu mazkur shahar aholisining yoki ulug‘larining dafn xonasi bo‘lgan.

Aytish kerakki, qadimgi hindularda yer osti yo‘llari tizimi muhim ramziy ma’noga ega. Dafngohlar va tunnellar ularda narigi dunyo – marhumlar olamining hamda muqaddas suv oqimining ramzi hisoblanadi. Ularni o‘rganishda yangi texnologiyalarni qo‘llash esa misli ko‘rilmagan yutuqlarga olib kelayotir.

O‘QING: Endi qabr toshlar ham iPhone ko‘rinishida bo‘ladimi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!