Yangi Windows 10 dasturiga tegishli skrinshotlar e’lon qilindi

Yangi Windows 10 dasturiga tegishli skrinshotlar e’lon qilindi

MSPowerusers platformasining foydalanuvchilaridan biri 2017 yilning aprel oyida chiqarilishi kutilayotgan yangi Windows 10 dasturining interfeysiga doir skrinshotlarni internet tarmog‘ida e’lon qildi, deb yozmoqda vc.ru nashri.

Microsoft ushbu yangilanish dasturini Project Neon nomi bilan yuritmoqda. Foydalanuvchining yozishicha, yangi interfeys animatsiya va oddiylikka ko‘proq e’tibor qaratilgan.

The Next Web nashrining bildirishicha, yangi Windows 10 interfeysi Hololens to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklari bilan aloqa qilishi mumkin. Tizim foydalanuvchi nigohi qaratilgan elementlarni yoritadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!