Yangi yilda yangi tezlik!

Yangi yilda yangi tezlik!

Xiaomi Mi 10 flagman lineykasi doirasidagi kamida ikkita smartfon — Xiaomi Mi 10 va Xiaomi Mi 10 Pro — ustida ishlamoqda. Ushbu ikki gadjet xitoylik smartfonsozning aqlli mobil qurilmalari orasida eng tez quvvatlanish imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ishonchli insayderlardan birining ma’lum qilishicha, Mi 10 Pro 35 daqiqada to‘liq quvvat oladi.Mi 10 oilasining eng yuqori vakili 50 vatt tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda simsiz usul bilan ham tezkor quvvatlana oladi (biroq simsiz zaryadlanish tezligi hozircha rasman ma’lum qilingani yo‘q) oladi.

Insayderning yana ta’kidlashicha, 2020-yilning ikkinchi yarmida Xiaomi 50 vattli simsiz zaryadlanish yechimini taqdim qilishi ham mumkin!

Bu yil Xitoyning sertifikatlash tashkiloti tomonidan 66 vattli quvvatlagich sertifikatlangandi, biroq Xiaomi muhandislari bu texnologiyani Mi 10 Pro'ga joriy qilishga ulgurishadimi-yo‘qmi bunisi hozircha aniq emas.

Ma’lumot uchun, ayni damda Oppo Reno Ace dunyodagi eng tez zaryadlanuvchi smartfon bo‘lib, uning 65 vattlik imkoniyati 4 000 mA/soatli akkumulyatorga 28 daqiqada 100% quvvatlanish imkonini beradi.

O‘QING: Samsung tezkor va simsiz quvvatlovchi cho‘ntak zaryadlagichi ustida ishlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!