Yangi yil arafasida eng ommalashgan smartfonlar "Top-10"ligi!

Yangi yil arafasida eng ommalashgan smartfonlar

Yangi yilga oz qoldi va mobil aloqa qurilmalari sotiladigan do‘konlar hozirdanoq bayram chegirmalari va turli aksiyalarni e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Bunday vaqtda xaridorlar ham shoshib qolishadi, smartfonning arzon ko‘ringan narxi tufayli, uning jihatlariga e’tibor ham bermasdan xarid qilaverishadi. Ko‘pchilik bu bayramda yaqinlariga, do‘stlariga sovg‘a qilish uchun smartfonlar sotib oladi.

Biz esa jahon bo‘ylab yaxshi sotilayotgan smartfonlar "top-10"ligini tuzishga qaror qildik. Ehtimol, bu reyting joriy yilda tuzilgan eng so‘nggi ro‘yxatlardan biri bo‘ladi. Uni tuzishda insayder hamda onlayn do‘konlarning ma’lumot va foydalanuvchilarning fikrlaridan foydalandik.

Shunday qilib, 10 dekabr holatida Oppo F5 eng yaxshi sotilayotgan, 18:9 standartidagi to‘liq ekran, 20 Mp aniqligidagi old kameraga ega smartfon bo‘lib turibdi. To‘liq metall korpusli Oppo F5 6 dyuymli, 2160x1080 piksel sig‘imli ekranga ega. Devaysga Helio P23 protsessori, 4/6 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan. Oppo F5 300 AQSh dollariga baholangan.

Ikkinchi o‘rin Samsung Galaxy J7 Pro'ga nasib qildi – bu brendga tegishli hamyonboplar orasida eng yuqori imkoniyatga ega gadjet. Samsung Galaxy J7 Pro 5.5 dyuymli va Super AMOLED matritsali, full-HD (1080×1920 pikselli) ekran, 8 yadroli va 1,6 GGs chastota tezligiga ega Exynos 7870 protsessori hamda 3 gigabaytli tezkor xotira o‘rnatilgan. Uning doimiy xotirasi 64GB ma’lumotni sig‘dira oladi. 7.9 millimetrli g‘oyatda yupqa korpusdan 2 ta SIM-karta uchun bo‘lmacha, USB Type-C universal porti, audio tuynuk, karnay va 3600 mA soatli akkumulyator joy olgan.

Uchinchi o‘rin Xiaomi Redmi Note 5 smartfoniga nasib qilgan. U 12 dekabrda savdoga chiqariladi va buni millionlab odamlar kutib turishibdi. Xiaomi Redmi 5 5,7 dyuymli, HD+ piksel sig‘imli ekranga ega bo‘lgan.

To‘rtinchi o‘rinda Xiaomi Redmi 5 Plus smartfoni turibdi. Bu gadjet ham 12 dekabr kuni sotuvga chiqariladi. Uning ekran diagonali 5,99 dyuymli va FullHD+ sig‘imli.

Xitoyda Xiaomi Redmi 5'ning eng arzoni (2/16 Gb) uchun $120, 3/32 Gb talqini uchun esa $135 dollar narx belgilangan. Xiaomi Redmi 5 Plus'ning standart (3/32 Gb) talqini $150 hamda 4/64 Gb versiyasi $196 dollardan sotuvga chiqariladi.

Beshinchi o‘rin Xiaomi Mi A1 smartfoniga nasib qildi. Uning o‘ziga xosligi -- "toza Android" ekanidir. Ekrani 5.5 dyuym, Full HD. Snapdragon 625 chip va 4 GB tezkor, 64 GB doimiy xotira, 12 + 12 Mp bosh kamera bilan o‘ziga xos.

Oltinchi o‘rinda Huawei Honor 7X munosib ko‘rilgan. Qo‘sh sensorli bosh kamerasi, metall korpus va 18:9 standartli ekrani bilan o‘ziga xos.

Yettinchi o‘rinda esa OnePlus 5T turibdi. Uni hozirgi vaqtga kelib barcha yirik bozorlarda sotilmoqda.  Eng yuqori talqin $560 dollardan sotiladi. Smartfon 21 noyabrdan Xitoyda sotuvga chiqariladi.

Qolgan 3 o‘rin yilning 3 ilg‘or flagmanlariga – iPhone X, Samsung Galaxy Note 8 va Huawei Mate 10 Pro'ga nasib qilgan. Ular har jihatdan bir-birlari bilan raqobat qila oladilar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!