Yangilangan iPad Pro plansheti narxi 259 dollardan boshlanadi

  •   DiMaX
  •  2858
  •  09.03.2018 11:04

Yangilangan iPad Pro plansheti narxi 259 dollardan boshlanadi

Kupertinolik texnogigant o‘zining ayrim mahsulotlarining yangi modellarini narxlarini pasaytirgan holda chiqarishi mumkin. Bu haqda Economic Daily nashri xabar bermoqda.

O‘QING: 2018 yilning eng kuchli plansheti hozirdanoq ma’lum bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab iPhone X savdolari ko‘ngildagidek ketmaganligi Apple kompaniyasining iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etgan. Axir, kupertinolikning daromadi yarmini aynan smartfonlar savdosidan keladigan foyda tashkil etadi-da. Mazkur kamomad o‘rnini qoplash maqsadida, «Olma» boshqa segmentlardagi takliflarini arzonlashtirgan holda yangilashi mumkin.

Tahlilchilar fikriga ko‘ra, bu yilning sentyabrida taqdim etiladigan, suyuq kristalli displeyining o‘lchami diagonaliga 6,1 dyuym bo‘lgan iPhone 649 dan 749 AQSh dollarigacha baholanadi. Ekrani 9,7 dyuym bo‘lgan iPad Pro plansheti esa yangilangan talqinda 259 dollardan boshlab sotilishi aytilayotir. Yangilangan MacBook Air noutbuklari esa 799 – 899 dollar atrofida savdoga chiqarilishi prognoz qilingan.

Eslatib o‘tamiz, bular – hali tahlilchilarning prognozlaridir. Apple mahsulotlarining haqiqiy narxi esa kompaniya ularning rasman taqdim etgach aniq bo‘ladi.

O‘QING: Poytaxtimizda iPhone X va boshqa ayfonlarning narxlari (2018 yil 3 mart)