Yangilangan MacBook, iMac va iPad Pro ta’mirga yaramas ekan!

  •   DiMaX
  •  1061
  •  12.06.2017 11:47

Yangilangan MacBook, iMac va iPad Pro ta’mirga yaramas ekan!

Mashhur iFixit veb-resursi xodimlarining ma’lum qilishlaricha, Apple’ning yangi devayslarini ta’mirlab bo‘lmas ekan. Bu to‘g‘rida Gagadget  sayti xabar bermoqda.

Sababi nimada?

Buning sababi – albatta, bahsli masala, ammo iFixit mutaxassislariga ko‘ra, mazkur gadjetlarning ta’mirga yaramasligining asosiy sababi mavjud. Ya’ni, bu qurilmalardagi ichki qismlarning asosiy konstruksiya bilan birga kavsharlab ishlab chiqarilganligi bois, ularni ta’mirlab bo‘lmaydi.

Shuningdek, Retina displeyining old panelga ulanib biriktirilganligi ham katta muammodir. Chunki displeyi yoki paneli singan yoxud shikastlangan taqdirda ularning ikkalovini ham almashtirish yo bo‘lmasa almashtirish kerak bo‘ladi.

Bahosini oldi

Umuman olganda, iFixit mutaxassislari Apple’ning 2017 yilgi gadjetlarini ta’mirga yaroqlilik bo‘yicha 10 ballik shkala asosida baholashdi. Unda yangi MacBook 1 ball, iMac 3 ball, iPad Pro esa 2 ball natijaga baholangan.

Bunday ko‘rsatkichlar ushbu seriyadagi devayslar uchun standart hisoblanadi. Shunday ekan, agar qurilma buzilib qolsa, uni ta’mirlatish uchun faqatgina Apple servis markaziga olib borish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!