Yangilangan mobil internet: megabayt emas, balki gigabaytlarni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  2965
  •  01.06.2021 15:32

Yangilangan mobil internet: megabayt emas, balki gigabaytlarni qarshi oling!

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi GSM standarti (Uzmobile uyali aloqa operatori) abonentlari uchun 30 kunlik internet-to‘plamlarga yoqimli yangilanishlarni kiritmoqda. Bu to‘g‘rida UZTELECOM o‘z rasmiy sayti orqali xabar bermoqda.

O‘QING: Mobil operator 20 iyungacha aksiya e’lon qildi: naq 90 foizlik chegirma!

2021 yil 1 iyundan boshlab UZTELECOM 30 kunlik Internet-to‘plamlar qatoriga ulkan o‘zgarishlar kiritib, ularni yanada kattaroq, jozibaliroq va arzonroq qiladi!

O‘zgarishlarning asosiy xususiyati internet-trafik hajmini hisoblashning yangi tizimiga o‘tishdir! Endi UZTELECOM megabayt emas, balki gigabayt mobil internetni yanada yoqimli va hamyonbop narxlar evaziga taqdim etadi! Yangilangan internet-to‘plamlar qatori endi trafik hajmi 1 GB dan 75 GBgacha bo‘lgan, narxi esa 9 000 dan 110 000 so‘mgacha bo‘lgan 11 ta variantni o‘z ichiga oladi.

Masalan, odatdagi 25 000 so‘mga endi abonentlar 5000 MB emas, balki 5 GB sotib olishlari mumkin, bu esa xaridni ancha foydali va jozibali qiladi. Eng kichik 1 GB to‘plam 30 kunga 9 000 so‘mga, eng kattasi 75 GB esa 110 000 so‘mga taqdim etiladi.

 

30 kunlik internet-to‘plamlar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi jismoniy va yuridik abonentlar uchun mavjud. Internet-to‘plamlar odatdagi usulda – USSD-buyruq, SMS-so‘rov yordamida, MyUztelecom mobil ilovasi va Abonentning shaxsiy kabineti orqali, shuningdek, koll-markaz yoki UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish punktlari operatorlari yordamida faollashtiriladi.

Shuningdek, yuridik shaxslar Internet-to‘plamlarni «Mobil byudjet» xizmati yoqilganda (*222# USSD-menyusi orqali) faollashtirishi mumkin.

Muhim: Internet-to‘plamning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, ushbu guruhning keyingi internet-to‘plamini faollashtirilmasa, qolib ketgan gigabaytlar saqlanmaydi.

Batafsil ma’lumot bilan mazkur havolada tanishish mumkin.

O‘QING: Operatorlarga internet tezligini ko‘rsatishda «-gacha» qo‘shimchasidan foydalanish rasman taqiqlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.