Yaponlar o‘zlari uchun qanday noutbuk chiqaradi?

  •   Saroy
  •  1087
  •  18.06.2018 15:48

Yaponlar o‘zlari uchun qanday noutbuk chiqaradi?

2014 yili Yaponiyaning Sony  elektronika korporatsiyasi tarkibidan VAIO kompaniyasi ajralib chiqqan edi. Shundan beri yosh kompaniya elektronika qurilmalarining global  bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun harakat qilib kelmoqda. Chiqarayotgan mahsuloti haqiqatan ham zamonaviy, bejirim, qulay va sifatli, go‘yo o‘zi uchun yasagandek. Mana yaqinda, aniqrog‘i shu yil iyun oyining birinchi o‘n kunligida Tayvanda bo‘lib o‘tgan Computex 2018 ko‘rgazmasida ushbu yapon kompaniyasi o‘zining bir juft ixcham noutbukini namoyish qildi.

Noutbuklar diagonali  11,3 va 13 dyuymli Full HD (1920 x 1080 piksel) formatdagi IPS-ekrani bilan ta’minlandi. Ularga Intel’dan sakkizinchi avlod Core i5 yoki i7 protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, 16 GB tezkor xotiraga va  128 dan 512 GB gacha ichki xotiraga ega.

O‘QING: NVIDIA’dan superkompyuter: siz uchun emas, robotlar uchun

Ochiq holatda qopqoq asosiy modulni shu darajada ko‘taradiki, natijada klaviatura sal egilgan ko‘rinish hosil qiladi, bu matnni terishda qulaylik yaratadi, deydi kompaniya vakillari. Kommunikatsiya va portlardan 4G LTE, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac) va Bluetooth 4.1, Ethernet, USB 3.0, HDMI va D-Sub, hamda rider SD-kart taqdim etilgan.

VAIO S11 850 gramm bo‘lib, o‘lchami 283,4 x 195,5 x 15–17,9 mm. VAIO S13ning o‘lchami esa 320,4 x 216,6 x 15–17,9 mm, og‘irligi 1,07 kg.

O‘QING: Intel noutbuklar uchun ilk 6 yadroli 8-avlod chiplarini taqdim qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.