Yaqindagina taqdim etilgan Xiaomi Redmi S2 ham «Malika»ga yetib keldi, shu va Redmi Note 5 Pro smartfonlari narxlari bilan tanishing (2018 yil 23 may)

  •   DiMaX
  •  12958
  •  23.05.2018 12:58

Yaqindagina taqdim etilgan Xiaomi Redmi S2 ham «Malika»ga yetib keldi, shu va Redmi Note 5 Pro smartfonlari narxlari bilan tanishing (2018 yil 23 may)

Xiaomi kompaniyasining barcha smartfonlari ham sifati narxidan yuqori ekanini bilamiz. Ammo uning Redmi turkumiga mansub gadjetlari eng hamyonbop modellardan hisoblanadi.

O‘QING: Yangi hamyonbop -- Xiaomi Redmi S2 taqdim qilindi

Hali Xitoyda ham yaqindagina savdoga chiqarilgan Xiaomi Redmi S2 smartfoni, garchi arzon bo‘lsa-da, metall korpusga hamda iPhone X dizaynidagi qo‘shaloq kameraga ega.

Shuningdek, Xiaomi kompaniyasining Redmi Note 5 Pro fableti ham iPhone X dizayniga ega, texnik xususiyatlari birmuncha yuqori devays hisoblanadi. Uning turli jihatlari hamda sifatli suratlari bilan quyidagi tavsifiy maqolamizda tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Yilning beqiyos, hamyonga mos smartfoni — Redmi Note 5 Pro!

Quvonarli jihati shundaki, uddaburon savdogarlarimiz tezkorlik ko‘rsatib, ushbu yangi modellardagi smartfonlarni ham O‘zbekistonga keltirib, bozorga chiqarishgan. Jumladan, «Terabayt.uz» sayti hamkorlaridan biri turli talqinlarga mansub Redmi S2 hamda Redmi Note 5 Pro smartfonlarini savdoga qo‘ygan. Ularning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolat beriladi.

Mana, ularning narxlari quyidagicha:

  1. Redmi S2 3/32 GB, Gold – 1 558 000 so‘m
  2. Redmi S2 3/32 GB, Grey – 1 599 000 so‘m
  3. Redmi Note 5 Pro 3/32 GB, Black – 1 763 000 so‘m
  4. Redmi Note 5 Pro 3/32 GB, Gold – 1 722 000 so‘m
  5. Redmi Note 5 Pro 4/64 GB, Gold – 2 009 000 so‘m
  6. Redmi Note 5 Pro 6/64 GB, Black, Gold – 2 501 000 so‘m

O‘QING: Xiaomi smartfonlari kafolat shartlarini bilib oling va Redmi 5 Plus videotavsifini tomosha qiling!

«Xitoycha Apple»ning Redmi S2 hamda Redmi Note 5 Pro smartfonlarini shu narxlarda naqd pulga xarid qilish uchun, Telegram’dagi @terabayt_admin1 profili orqali «Terabayt.uz» sayti menejeri bilan bog‘laning. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

O‘QING: Xiaomi smartfoni xaridida kafolat taloniga e’tiborli bo‘ling!