Yashnobodlik «shovvoz»ga o‘yingohdan o‘marilgan PlayStation buyurmadi

  •   DiMaX
  •  882
  •  18.04.2019 17:56

Yashnobodlik «shovvoz»ga o‘yingohdan o‘marilgan PlayStation buyurmadi

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishlari uchun turli muassasalar qatori, kompyuter o‘yinlari maskanlari ham ishlab turibdi. Shulardan birida sodir etilgan jinoyat haqida Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bergan.

O‘QING: O‘g‘irlangan smartfonni topsa bo‘ladi!

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrining Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 16 aprel kuni xabar tushgan. Hujjatlarga ko‘ra, Yashnobod tumanida yashovchi Sh.Sh. ismli shaxs 15 aprel kuni Arnasoy ko‘chasida joylashgan «PlayStation» o‘yingohida jinoyat sodir etgan. Bu yerdan u bir dona PlayStation 4 rusumli o‘yin pristavkasini hamda 4 dona boshqaruv pulti – kontrollerini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.Sh. ushlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni damda bu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ayni shu – Sony PlayStation 4 500GB rusumli o‘yin konsolini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 3 385 000 so‘m evaziga sotib olish, shuningdek, smartfonlarda o‘ynash uchun Ipega Batman Wireless geympadini atigi 249 000 so‘mga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Sony tez orada PlayStation 5 konsolini va uning uchun ikkita o‘yinni taqdim etadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!