Yirik partiyada qalbaki Xiaomi smartfonlarini sotayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi!

  •   DiMaX
  •  791
  •  11.11.2020 10:40

Yirik partiyada qalbaki Xiaomi smartfonlarini sotayotgan jinoiy guruh qo‘lga olindi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi Brand Safety rasmiy sahifasida kecha – 10 noyabr kuni ogohlantiruv e’loni chiqarildi. Unda ma’lum qilinishicha, yirik miqdorda soxta Xiaomi smartfonlari sotilayotgani aniqlangan.

O‘QING: Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!

Rasmiy xabarga ko‘ra, elektron savdo platformasini tekshiruv jarayonida Xiaomi mutaxassislari qiziq holatga duch kelishgan. Kompaniyaning turli telefonlari ayrim do‘konlarda hatto o‘zining tannarxidan ham arzonroqqa taklif etilayotgan ekan! Tekshiruv maqsadida o‘sha smartfonlardan xarid qilib, o‘rganib ko‘rgan Xiaomi huquqlarni himoya qilish guruhi ularning soxta ekanligiga amin bo‘lgach, bu haqda tegishli hukumat idoralariga xabar bergan.

Shenchjen shahrida joylashgan do‘kon omborida tintuv o‘tkazilganida esa turli rusumlardagi qalbaki Xiaomi telefonlarining sayt orqali sotuvga chiqarishga tayyorlab qo‘yilgan ulkan partiyasi aniqlangan.

Tergov jaryonida jinoiy guruhning yetakchisi o‘zining elektron savdo do‘konlari chindan ham ushbu kompaniyaniki, deya soxta smartfonlar sotib kelayotganini tan olgan. Qalbaki mahsulotlar musodara etilgan, endi guruh a’zolari tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

Xiaomi esa, original mahsulot sotib olish uchun xaridni kompaniyaning rasmiy sotuv nuqtalarida yoki hamkorlarining (Xiaomi Mall, Xiaomi Youpin va Xiaomi Home, JD.com, Suning, Tmall va hokazo) do‘konlarida amalga oshirishni tavsiya etmoqda.

O‘QING: Android-smartfon originalligini aniqlashning eng sodda va ishonchli usuli

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!