Yo'q, Apple Twitter'ni o'z do'konidan olib tashlamoqchi emas

Yo'q, Apple Twitter'ni o'z do'konidan olib tashlamoqchi emas

Dushanba kuni Ilon Mask Apple o'zining App Store ilovalar do'konidan Twitter'ni olib tashlamoqchi ekanligini aytgan edi. Shundan so'ng kupertinolik kompaniya rahbari milliarder bilan uchrashgan ko'rinadi, Mask "tushunmovchilik" hal bo'lganini aytdi.

Ma'lum bo'lishicha, milliarder Apple rahbari Tim Kuk bilan uchrashgan. Ilon Mask o'z Twitter sahifasiga joylagan videoga ko'ra, Tim uni kompaniya shaharchasida sayr qildirgan: "Apple'ning go'zal bosh qarorgohiga olib borganingiz uchun rahmat Tim Kuk" deydi milliarder.

Shuningdek, Maskning qo'shimcha qilishicha, ikki texnogigant kompaniyalar rahbarlari yaxshi suhbat qurishgan va ular Twitter'ning App Store'dan olib tashlanishi haqidagi tushunmovchilikni hal qilishgan. Timning milliarderga aytishicha, Apple hech qachon bunday qilishni o'ylamagan.

O'QING: Pavel Durov blokcheyn, Fragment va messenjer uchun navbatdagi qadamlar haqida