Yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yishni bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  2852
  •  08.02.2020 14:27

Yo‘qolgan yo o‘g‘irlangan plastik kartangizni qanday bloklab qo‘yishni bilasizmi?

To‘lov kartasi yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda zudlik bilan xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilish lozim. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lumot berdi.

O‘QING: Plastik kartochka yo‘qolsa nima qilish kerakligini bilasizmi?

To‘lov kartasi bank tomonidan quyidagi hollarda bloklanadi:

- bank kartasi egasidan uning yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi haqida ariza qabul qilinganda;

- PIN-kodni ketma-ket 3 marta noto‘g‘ri terilganda;

- tergovchi, surishtiruvchi, sud ijrochisi yoki sudning bank hisobvarag‘idagi operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori olinganda;

- bank kartochkalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan boshqa hollarda.

O‘QING: Click bilan «qiliq qilgan» shovotlik «shovvoz» qo‘lga tushdi

Mijoz quyidagi usullar orqali to‘lov kartasini mustaqil ravishda o‘zi bloklab qo‘yishi mumkin:

- bankning internet-saytidagi shaxsiy kabineti (internet-banking xizmati yoqilgan bo‘lsa);

- xizmat ko‘rsatuvchi bankning yoki to‘lov xizmati ko‘rsatuvchilarning (Uzcard, PayMe, Click va b.) mobil ilovasi.

Plastik kartani blokirovkadan yechish uchun plastik kartochka olingan bank filialiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish kerak.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.