Yosh yigit smartfonni quvvatlayotib krovatda halok bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2151
  •  01.06.2019 13:24

Yosh yigit smartfonni quvvatlayotib krovatda halok bo‘ldi

Tailandning Nakxonratchasima provinsiyasida 22 yashar yigit yotgan joyida tok urishidan halok bo‘ldi. Politsiya uning yonida quvvatlashga ulab qo‘yilgan smartfon mavjudligini aniqlab, o‘lim shundan kelib chiqqan, degan xulosaga kelgan.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Xabarga ko‘ra, u bir qarindoshini kutib yotgan bo‘lgan. Bu orada smartfonni quvvatlash adapteriga ulagan va shunda tok urib, halok bo‘lgan.

Politsiya o‘z hisobotida yigitning o‘limiga sabab bo‘lgan smartfon modelini ma’lum qilmagan. Shuningdek, uning qanday quvvatlash uskunasidan foydalangani ham aytilmagan. Ehtimol, bunda original bo‘lmagan qurilmadan foydalangan bo‘lishi mumkin.

Bu – yotgan holda smartfonni quvvatlashga qo‘ygancha halok bo‘lishi bo‘yicha Tailandda keyingi yarim yilda sodir bo‘lgan ikkinchi baxtsiz hodisadir. Avvalroq ham bir tailandlik smartfonini quvvatlashga ulaganicha, undan musiqa tinglab yotganida tok urishidan halok bo‘lgan edi.

O‘QING: Xiaomi tunda portlagan smartfon o‘rniga yangisini berib, hodisa sababini rasman izohladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!