"Biz bu tajribani to'liq o'chirib qo'ydik" - YouTube

Yaqinda YouTube videolarni 2160p (4K) sifatda ko'rish imkonini o'zining Premium obunasi ostiga olayotgani va bu sinovda ekani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Hayriyatki, YouTube o'zining rasmiy Twitter sahifalaridan birida videolarni ushbu tajribani to'liq to'xtatganini e'lon qildi.

"Biz bu tajribani to'liq o'chirib qo'ydik. Tomoshabinlar endi Premium obunasiz ham 4K sifatdan foydalanishlari mumkin." deydi TeamYouTube.

YouTube 2010-yildan beri 4K videolarni qo'llab-quvvatlaydi, 2015-yilda esa undan yuqori rezolyutsiyalar, masalan, 2015-yilda 8K sifati ham qo'shilgan.

Google uchun 4K sifatini Premium qilish begona emas. Kompaniya o'zining Stadia bulutli-o'ynash platformasida foydalanuvchilardan o'yinlarni 4K'da o'ynash uchun Stadia Pro obunasini talab qilar edi, biroq u tez orada yopiladi.

O'QING: Endi YouTube'ga ham yuzerneymlar qo‘shilmoqda