YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

  •   DiMaX
  •  2355
  •  14.12.2018 12:01

YouTube’da bir haftadayoq eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rekordchi videoni ko‘rdingizmi?

Google korporatsiyasining YouTube videoxostingi jahon bo‘yicha eng ommalashgan videoplatformalardan biridir. Har yili unga ko‘plab roliklar yuklanadi, tomoshabinlar ularni baholashadi va fikr bildirishadi...

O‘QING: YouTube’dagi 2018 yilning eng ko‘p ko‘rilgan videolari reytingi

Mazkur videoxosting jamoasi joriy yil yakunlariga bag‘ishlab Rewind 2018 videoroligini yaratganligi haqida ham yotgandik. Buni qarangki, ayni shu videolavha tomoshabinlardan eng ko‘p «dislayk» to‘plagan rolik bo‘ldi – bir haftadayoq salkam 10 million kishi unga «yoqmadi» belgisini qo‘ygan!

Mana o‘sha videolavha:

Aytish kerakki, «dislayk»lar bo‘yicha bundan oldingi rekord Jastin Biberning 2010 yili chiqqan Baby klipiga tegishli. U hozirgacha – 2018 yilning dekabrigacha 9,8 million kishiga «yoqmagan».

O‘QING: Facebook va YouTube muammolari faqat bizda, deysizmi? Mana, qo‘shnilarga qarang...

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!