YouTube’ning Android-ilovasi yangilandi: tungi rejim va boshqalar

  •   DiMaX
  •  1554
  •  07.09.2018 17:26

YouTube’ning Android-ilovasi yangilandi: tungi rejim va boshqalar

YouTube servisining veb-versiyasida to‘qrang interfeys rejimi ancha avval joriy etilgan. iOS tizimli qurilmalar uchun ishlab chiqilgan ilovaga esa tungi rejim joriy yilning bahorida taqdim qilingan.

O‘QING: YouTube mobil ilovasida to‘qrang interfeysni yoqamiz

Endi esa Google kompaniyasi Android-devayslar uchun YouTube ilovasiga ham to‘qrang rejimini qo‘shdi. To‘g‘ri, ayrim hududlardagi foydalanuvchilar uchun bu yangilanish iyulda taqdim qilingan edi. Ammo butun dunyodagi yuzerlar uchun kuni kecha 13.35.51 talqinidagi YouTube chiqarildi.

Siz ham mana bu havola orqali Android-smartfoningizga YouTube ilovasini yuklab (agarda avvaldan ishlatayotgan bo‘lsangiz – yangilab) olishingiz mumkin. Odatda shundan so‘ng ilovani ochganingizda, sizga unda yangi – to‘qrang mavzu paydo bo‘lganligi haqida bildirishnoma keladi. So‘ng esa dastur sozlamalaridan bu rejimni yoqishingiz mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu apdeyt bilan yana bir qator yangi imkoniyatlar ham taqdim etilgan. Darvoqe, mana bu havola orqali «Terabayt.Uz» saytining YouTube-kanaliga ham obuna bo‘lib qo‘yish esingizdan chiqmasin.

O‘QING: Xushxabar: YouTube’da barcha harakatlarni endi maxfiy amalga oshira olasiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!