YouTube yulduzi bilan jangida Meyvezer qancha pul ishlab oldi?

  •   DiMaX
  •  960
  •  09.06.2021 15:58

YouTube yulduzi bilan jangida Meyvezer qancha pul ishlab oldi?

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning YouTube-bloger Logan Pol bilan jang uchun gonorari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Mirror nashriga tayanib Xabar.uz yozmoqda.

O‘QING: Birinchi raqamli bloger «xayriya»dan voz kechib, YouTube’da rekord o‘rnatdi!

Manbaga ko‘ra, sportchi jang uchun 56,5 million dollar olgan. Ta’kidlanishicha, 10 million — kafolatlangan gonorar, 16,5 million — pulli translyasiyalardan tushadigan daromad va 30 million — homiylar to‘laydigan pul.

Meyvezer bilan YouTube yulduzi o‘rtasidagi jang Mayamining Hard Rock Stadium arenasida 7 iyun kuni bo‘lib o‘tdi va g‘olib aniqlamadi. Jang ko‘rgazmali xarakterda bo‘lib, sportchilar statistikasiga ta’sir qilmadi. Jangda ringdan tashqarida sudyalar bo‘lmadi, ammo bu nokaut bilan yakunlanishi mumkin edi.

Meyvezer so‘nggi bor 2018 yil 31 dekabrda Tokioda ko‘rgazmali jang o‘tkazib, Tensin Nasukavani birinchi raundning o‘zidayoq nokautga uchratgan edi. Amerikalik — mag‘lub etilmagan bokschi. 43 yoshli sportchi 50 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

O‘QING: YouTube’da egizak Mirzayevlar kliplari milliarddan ortiq ko‘rildi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.