YouTube'dan rossiyaliklar uchun bitta yaxshi, bitta yomon xabar

YouTube'dan rossiyaliklar uchun bitta yaxshi, bitta yomon xabar

Alphabet'ning Google kompaniyasi Rossiya uchun onlayn reklama sotishni to‘xtatganini ma’lum qildi deya xabar bermoqda Reuters nashri.

Kompaniyaning bu qarori qidiruv, YouTube  va boshqa platformalari uchun ham amal qiladi va shunisi aniqki, dunyodagi eng ko‘p onlayn reklama sotuvchisining bu harakatiga Roskomnadzorning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi yolg‘on ma’lumotni aks ettiruvchi reklamalarni ko‘rsatishni to‘xtatishni talab qilganligi sabab bo‘lgan. 

"Favqulodda vaziyatlardan kelib chiqib, biz Rossiyada Google reklamalarini to‘xtatmoqdamiz", - deyiladi kompaniya bayonotida. "Vaziyat tez rivojlanmoqda va biz yangilaniklarni o‘z vaqtida yetkazishda davom etamiz." 

Endilikda rossiyalik YouTube foydalanuvchilari platforma videolarida reklama ko‘rmaydilar shu bilan birga kontent yaratuvchilar ham platforma monetizatsiyasi yordamida reklama sotish bilan daromad qila olmaydilar. 

O‘QING: Rossiyaliklar endi "tishlangan olma" sotib olisholmaydi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!