YPX xodimi nega qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmadi?

  •   DiMaX
  •  891
  •  10.03.2021 14:00

YPX xodimi nega qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmadi?

Shu yilning 9 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Qarama-qarshi yurgan haydovchiga YPX xodimi jarima tuzmadi» sarlavhasi ostidagi videolavha tarqaldi. IIV YHXB axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

O‘QING: Toshkent chorrahalaridagi videokameralar oyiga qancha pul tushirayotganini bilasizmi?

Videoda YPX xodimi F.S. haydovchi O.M. boshqaruvidagi avtomobilni to‘xtatgani va unga qoidabuzarlik sodir etganligini aytib, lekin, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmasdan yo‘lida davom etishiga ruxsat berganligi holati aks etgan.

«Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida holatga oydinlik kiritilib, xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi xabarda.

O‘QING: RASMIY IZOH: IIV xodimlarini suratga yoki videoga olib, internetga chiqarish mumkinmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!