Yupiterda suv bor ekan

  •   Saroy
  •  858
  •  04.09.2018 16:15

Yupiterda suv bor ekan

Amerikalik bir guruh olimlar aniqlashdiki, Yupiter sayyorasining ulkan   atmosfera girdobidagi katta qizil dog‘ ko‘p miqdorda suvga ega. Bu haqda EurekAlert! press-relizida ma’lum qilindi.

Tadqiqotchilar yerdagi uskunalar orqali, jumladan  NASA IRTF telskopi va Keck 2 (Gavayi) teleskopidan olingan ma’lumotlarni tahlil qilib shunday xulosaga kelishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, girdob tuzilmasi uchta bulutli qatlamdan iborat, ularning eng chuquri 5-7 atmosfera bosimiga ega va ustki bulut qoplamasining qariyb 160 kilometrlik  ostida joylashgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ular muzlab qolgan suv kristallaridan iborat ekaniga yetarli asos bor.

O‘QING:Qora tuynukdagi odam yoki koinotning hali ochilmagan jumboqlari

Agar, Yupiter yuazasini 2016 yildan buyon o‘rganib borayotgan Juno sayyoralararo avtomatik stansiyasi yerdagi kuzatuvlar xulosasini  tasdiqlasa, unda boshqa sayyoralardan ham suv qidirishni boshlasa bo‘ladi, masalan Saturn, Uran va Neptundan.

Katta qizil dog‘ Quyosh tizimidagi eng katta atmosfera girdobi sanaladi. Uning o‘lchami  40 ming kilometr uzunlik masofasiga va eni 13 ming kilometrga yetadi.

O‘QING:Astrofiziklar koinotda sirli signalni payqashdi