O‘zbekistonda simli va mobil internetni kengaytirishga ZTE yordam beradi

  •   DiMaX
  •  491
  •  04.11.2019 14:14

O‘zbekistonda simli va mobil internetni kengaytirishga ZTE yordam beradi

Joriy yilning 2 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqovning Xitoyning ZTE Corporation katta vitse-prezidenti Chjunxua Mey bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlikning Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: ZTE endi O‘zbekistondagi operatorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi

Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va ZTE Corporation o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur uchrashuv uzoq yillar mobaynida tomonlar o‘rtasida amalga oshirib kelinayotgan muzokaralarning davomi hisoblanadi.

Vazir mehmonni qutlar ekan, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani natijasi ekanini ta’kidladi.

Simli va mobil keng polosali ulanish (Internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari muhokamalarning markaziy mavzusiga aylandi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

O‘QING: Internet tezligi nega ko‘rsatilganidan past? «O‘zbektelekom» rasman izoh berdi!

ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yanada faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.

Vazirlik tomonidan ham zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ZTE korporatsiyasining O‘zbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.

O‘QING: AKT vaziri Alibaba bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi