Zamonaviy AKTning oila muammolarini hal etishda qanday roli bor?

  •   DiMaX
  •  428
  •  31.01.2019 13:04

Zamonaviy AKTning oila muammolarini hal etishda qanday roli bor?

Toshkentdagi Inha universitetida «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali mustahkam oila sari» mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Bu haqida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bergan.

O‘QING: Poytaxtimizda «Aqlli tarmoqlar» loyihasi taqdim etildi

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkentdagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, mas’ul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Seminar «Oila» markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan yangi loyiha doirasida tashkil etildi. U zamonaviy AKT yordamida turli oilaviy muammolarga duch kelgan insonlarning bilimlarini oshirish va dunyoqarashini kengaytirishga yo‘naltirilgan. Yangi texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalari ularga kerakli axborotni olish, ish qidirish, shuningdek, o‘z kuchiga ishonchni mustahkamlash va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga yordam berishi kutilmoqda.

Mazkur o‘quv kurslarining dastlabki sinov loyihasi o‘tgan yilning mart-iyul oylarida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. O‘shanda og‘ir hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan qator oilalardan ishtirok etgan qizlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘ldi, xususan, ular kelgusida ishga joylashishida yordam beruvchi kompyuter texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish dasturini o‘zlashtirdi.

Tadbir doirasida mazkur loyihaga tajribali murabbiylarni jalb qilish, mashg‘ulot va metodik ta’minot mavzulari va dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Seminar yakunida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan qizlarga sertifikatlar topshirildi.

O‘QING: Oila qurishni istagan robot – Saudiya fuqarosi Sofiya singilli bo‘ldi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.