Zoom tarixdagi barcha rekordlarni «sindirib», birinchi o‘ringa chiqib oldi!

  •   DiMaX
  •  1118
  •  21.07.2020 13:01

Zoom tarixdagi barcha rekordlarni «sindirib», birinchi o‘ringa chiqib oldi!

Koronavirus pandemiyasi davrida Zoom videokonferensiyalar servisi juda ommalashib ketganidan xabaringiz bor. Lekin u sizning ma’lumotlaringizni FBRga berib kelayotganini rasman tan olgan!

O‘QING: O‘zbekiston xabarlari: TikTok birinchi o‘rinda, elektromobillar servis markazlari va boshqalar

Sensor Tower tahlil kompaniyasining yangi hisobotida aks ettirilishicha, Zoom ilovasi joriy yilning ikkinchi choragida App Store ilovalar do‘konidan yuklab olinishi bo‘yicha oldingi barcha rekordlarni yangilagan. Unga hatto yoshlar orasida ommalashib borayotgan TikTok ham bas kela olmagan! Hisobot davrida bu videokonferensiyalar ilovasini AQShning o‘zida 90 million martadan oshiq yuklab olishgan.

Hisobotda ta’kidlanishicha, Zoom pandemiya sharoitlarida masofadan ishlashga o‘tilgani boisdan ommalashgan yagona ilova emas. Salomatlik va fitnes ilovalari, shuningdek, biznes yo‘nalishidagi va turli ko‘ngil ochish servislarining ilovalari ham yanada ko‘proq yuklab olingan. Tabiiyki, sayohat va sport, navigatsiya yo‘nalishidagi ilovalarning ko‘chirib olinishi aksincha – pasaygan.

2020 yilning ikkinchi kvartalida umuman ilovalarning yuklab olinishida ham rekord qayd etilgan. Ya’ni, dunyo bo‘ylab jami 37,8 milliarddan oshiq yuklash holati kuzatilgan, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,7 foizga ortiqdir. Aytish kerakki, bunda App Store’dan o‘rnatib olishlar 22,6 foizga oshib, 9,1 milliardga yetgan. Google Play katalogidan ko‘chirib olishlar esa 34,9 foizga o‘sib, 28,7 milliardlik ko‘rsatkich qayd etilgan.

O‘QING: Koronavirus uchun Xitoyga qarshi qasos sifatida TikTok’ni bloklashmoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!