ZTE A0722: kengformatli, bir kamerali va arzon

  •   Saroy
  •  1063
  •  30.07.2018 10:51

ZTE A0722: kengformatli, bir kamerali va arzon

Xitoy muvofiqlashtirish markazi TENAA saytida ZTE kompaniyasining hali hech  kimga tanish bo‘lmagan  smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. U A0722 raqamli model sifatida tanishtirilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, bu qurilma yangi rusmdagi o‘rtacha detallari bilan boyitilgan arzon smartfon bo‘ladi.

O‘QING:ZTE kompaniyasiga qo‘yilgan taqiq butunlay olib tashlandi, ammo ko‘rilgan zarar oz emas

ZTE A0722 smartfoni diagonali 5,45 dyumli HD+ ekran (displeyi 1440 ga 720) ga ega bo‘lib, tomonlar nisbati 18:9. Takt chastotasi 1,4 GGs (Snapdragon 400-seriyali) bo‘lgan 8 yadroli protsessor yangi qurilmaning yuragiga aylanadi. Unga 3 yoki 4 gigabaytli  OZU va  32 yoki 64 gigabaytli flesh-xotira yordam beradi. Bir modulli asosiy kamera 13 Mp. Old kamera  5 Mp formatidagi ob’yektiv bilan jihozlangan. Orqadagi plastik qopqoqda barmoq izlari skaneri joylashgan. Panelning yonboshida qizil blokirovka tugmachasi ko‘rinib turibdi. Batareya sig‘imi — 3100 mAch. Qurilmaning ishlashini OS Android 8.1 Oreo ta’minlaydi. ZTE A0722 sotuvga qora qa moviy rangda chiqariladi. Qachon chiqishi va narxi qancha – bu haqda kompaniya hozircha sukut saqlamoqda. Biroq apparat TENAA  ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldimi, demak yaqin kunlarda xaridorlar qo‘lida ham ko‘rsak kerak.

O‘QING:ZTE Nubia flagmani: old kamerasi va ekran «kemtigi» yo‘q, ammo ekrani va barmoq izi skaneri ikkitadan!

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!