ZTE’ning eng baquvvat – Axon 9 Pro smartfoni Geekbench’da o‘z kuchini sinab ko‘rdi

  •   DiMaX
  •  979
  •  27.08.2018 13:16

ZTE’ning eng baquvvat – Axon 9 Pro smartfoni Geekbench’da o‘z kuchini sinab ko‘rdi

Geekbench benchmarkining ma’lumotlar bazasida ZTE kompaniyasining A2019G Pro kodli smartfoni testdan o‘tkazilganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Ushbu qurilma bozorga Axon 9 Pro modeli sifatida taqdim etilishi kutilmoqda.

O‘QING: ZTE hayotga qaytayapti: Axon 9 debyuti bilan

Benchmarkdagi natijalariga qaraganda, Axon 9 Pro rusumli gadjetga 6 gigabayt hajmli tezkor xotira o‘rnatilgan. Hozirgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bu model doimiy xotira hajmi 64, 128 va 256 gigabaytlik talqinlarda chiqariladi.

ZTE mazkur flagmanida sakkiz yadroli va Adreno 630 videochipli Snapdragon 845 protsessori qo‘llagan. Axon 9 Pro yakka yadroli sinovda 2399 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 8785 ball natija ko‘rsatgan.

Geekbench bergan ma’lumotga ishonsak, Axon 9 Pro devaysi Android operatsion tizimining 8.1.0 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning taqdimoti 31 avgustdan 5 sentyabrgacha Germaniyada bo‘lib o‘tadigan IFA 2018 ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. ZTE ushbu smartfonini 600 yevro narxida sotuvga chiqarishi taxmin qilinayotir.

O‘QING: ZTE Axon 9 Pro smartfonining ilk fotosuratini namoyish qildi