ZTE'ning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda: AQSh Senati sanksiyani qayta boshlash tarafdori

  •   Saroy
  •  574
  •  20.06.2018 18:10

ZTE'ning taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda: AQSh Senati sanksiyani qayta boshlash tarafdori

Chamasi, Xitoyning ZTE kompaniyasi AQSh bozoriga qaytganini bayram qilishiga hali ancha borga o‘xshaydi. Garchi, AQSh hukumati bilan bitim imzolangan bo‘lsa-da, sanksiya tahdidi hamon saqlanib turibdi.

Eron va  KXDRga iqtisodiy emborga joriy etilganiga qaramay, ushbu  davlatlar bilan biznes hamkorlikni davom ettirgani uchun ZTE kompaniyasiga yaqin 7 yilgacha AQShda faoliyat ko‘rsatishga cheklov chorasi qo‘llanilgandi. Ya’ni AQShlik ishlab chiqaruvchilar 2025 yilgacha mazkur kompaniyaga komplektlovchi qismlar va dasturiy ta’minotlarni sotmaydi. Bu esa birinchi navbatda smartfonlar uchun protsessorlar va Google servislariga tegishli.

O‘QING: Nokautmi, nokdaunmi? ZTE’ning ahvoli haqida

Lekin bir oz vaqt o‘tib, AQSh bilan ZTE kompaniyasi o‘rtasida murosa kelishuvi imzolandi. Sanksiyasini bekor qilish evaziga kompaniya bir milliard dollar jarima to‘lashi kerak, yana kompaniyaning 400 million dollari muzlatiladi. Bu pul kelgusida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolari uchun tavon puli hisoblanadi, yana bir jazo shundan iboratki, kompaniya o‘zining rahbariyat tarkibini yangilaydi va Amerika tomonining kompaniya  faoliyatini nazorat qilib borishiga  ruxsat beradi.

Ammo AQSh  Senati masalaning bunday yechimidan qoniqmayapti. Senatorlar mudofaa borasida qonun loyihasiga ovoz berar ekan, ZTE kompaniyasiga nisbatan sanksiyani qayta joriy etish bo‘yicha talabni ilgari surmoqda. Bundan tashqari, senatorlar prezident Donald Trampni ham milliy xavfsizlikni tahdid ostiga qo‘yayotganlikda ayblashmoqda, axir avval ham bir necha bor ZTE kompaniyasi Xitoy hukumati foydasiga josuslikda ayblangan edi-da.

O‘QING: Apple Xiaomi'ni sud zaliga chaqiradi

To‘g‘ri,  Senatda ovoz berish,bu hali yakuniy qaror degani emas. Gap shundaki, bu hujjat Oq Uyning sanksiyani bekor qilish bo‘yicha qonun loyihasiga ziddir.

Bundan tashqari, Senatning qonun loyihasi AQSh Kongressi tomonidan ham qo‘llab quvvatlanishi, keyin uni Donald Tramp imzolashi kerak bo‘ladi. Tramp, esa ko‘rinishidan ZTE tomonida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.