100 000 dollar sovrinli tanlovning saralash bosqichi yakunlandi

  •   DiMaX
  •  476
  •  03.03.2020 17:17

100 000 dollar sovrinli tanlovning saralash bosqichi yakunlandi

Davlat xizmatlari uchun eng yaxshi mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha «mGovAward» tanlovi e’lon qilingani haqida yozgandik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, uning saralash bosqichi nihoyasiga yetgan.

O‘QING: Inha universiteti talabasining ixtirosi – «O‘zbekiston ayollarining 100ta eng yaxshi innovatsion loyihasi» g‘olibi!

Musobaqada jami 264 ta ishtirok etgan jamoalardan faqatgina 97 ta jamoa keyingi bosqichga chiqishdi, deyiladi xabarda.

Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun eng yaxshi va samarali mobil ilovasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan «mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida tashkillashtirilgan. Tanvlovning maqsadi nafaqat dolzarb va amaliy jihatdan samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish, balki shu bilan birga yoshlarni davlat qurilish jarayonlariga va ijtimoiy hayotga keng jalb qilish ham hisoblanadi. Tanlovning muhim shartlaridan biri — unda faqatgina jamoa ishtirok etishi mumkin.

Mazkur tanlov qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yichi tashkil etilgan: ta’lim, sog‘likni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika. G‘oliblarga birinchi o‘rin uchun 50 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun 30 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 20 ming dollar miqdoridagi mukofotlar topshiriladi.

«mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi 2019 yil sentyabr oyida start olgan bo‘lib, 2020 yil mart oyiga qadar davom etadi. Hozirgi paytda mustaqil ekspert komissiyasi keyingi bosqichga o‘tgan jamoalarining ishlanmalarni baholaydi. Keyinchalik jamoalar taqdimot o‘tkazib, g‘oliblar esa onlayn ovoz berish orqali aniqlanadi.

O‘QING: Innovatsion o‘g‘irlik: Gulistonda elektr schyotchigini to‘xtatuvchi pult ixtiro qilishdi!