2019 yildan boshlab mehnat daftarchasi kerak bo‘lmaydi

2019 yildan boshlab mehnat daftarchasi kerak bo‘lmaydi

O‘zbekistonda mehnat darftarchasidan voz kechiladi. Uning o‘rniga elektron baza joriy etiladi. Bu haqda 2018 yilda davlat byudjetini amalga oshirish va 2019 yil uchun asosiy parametrlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov aytib o‘tgan.

Aytilishicha, 2019 yildan ishga kirmoqchi bo‘lgan xodimlar mehnat daftarchasini ochishlariga to‘g‘ri kelmaydi, endilikda ular shunchaki o‘z ma’lumotlarini elektron bazaga kiritishsa bo‘ldi.

Bo‘lajak bazada xodimning barcha mehnat faoliyati va daromadi aks etadi. Kerakli ma’lumotni xodimning pasport ma’lumotlarini bazaga kiritgan holda olish mumkin bo‘ladi.

Dilshod Sultonovning ma’lumotiga ko‘ra hozir soliq idorasi elektron bazaning asosini ishlab chiqmoqda va ushbu dastur deyarli tayyor. Endilikda o‘z oylik maoshingiz haqida "Telegram"dagi @oylikuzbot boti orqali bilib olish mumkin.

Ushbu bot qancha oylik maosh to‘langani va qanchasi soliqqa ushlab qolinganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bot maoshning qancha foizi naqd pulda va qanchasi plastik kartada berilganini ko‘rsatadi.

O‘QING: Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markaziga direktor tayinlandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.