5G modulli Galaxy S10 ham chiqadi, ammo uni biz sotib ololmaymiz

  •   DiMaX
  •  3704
  •  08.09.2018 18:08

5G modulli Galaxy S10 ham chiqadi, ammo uni biz sotib ololmaymiz

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S10 flagmaniga beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i moduli joylashi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Lekin 5G moduli bu smartfonning faqat bittagina versiyasiga tatbiq etiladi.

O‘QING: Qualcomm: Galaxy S10 ham yangi iPhone’lardek qudratli protsessorga ega bo‘ladi!

Manbalarga ko‘ra, ushbu kompaniya 5G tarmog‘ida ishlay oladigan Samsung Galaxy S10+ modelini faqatgina Janubiy Koreya uchun chiqarmoqchi. Boshqa mamlakatlar bozorlariga esa to‘rtinchi avlodgacha uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan Galaxy S10 modellari yetkazib beriladi.

Biroq kelajakda kompaniyaning bu boradagi rejalari o‘zgarishi ham mumkin. Yakuniy qarorni esa Samsung rahbariyati shu yilning dekabrida qabul qiladi.

Demak, 2020 yili taqdim etiladigan Galaxy S11 flagmanigina to‘laqonli 5G-smartfon bo‘ladi. Shuningdek, Galaxy Note 10 fabletiga ham bu modul joriy etilishini kutish mumkin.

O‘QING: Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan xarid qiling va SD-kartani sovg‘aga oling! (2018 yil 31 avgust)