ALDANIB QOLMANG: Kiber-firibgarlar soxta Uzcard saytini tayyorlashibdi!

  •   DiMaX
  •  1104
  •  23.01.2019 10:11

ALDANIB QOLMANG: Kiber-firibgarlar soxta Uzcard saytini tayyorlashibdi!

Kiber-firibgarlar haqiqiy Uzcard’ning saytini to‘liq ko‘chirib, soxta Uzcard saytini tayyorlashibdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabariga asoslanib «Daryo» nashri yozgan.

O‘QING: «Uzcard» ishlamay qolsa, endi kamida 1 mlrd. jarima to‘laydi

Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) mijozlarni Uzcard’ning brendidan foydalangan holda kiberfiribgarlik qilinayotganidan ogohlantirdi. «Noma’lum shaxslar tomonidan uzcard.uz rasmiy saytimizning interfeysi ko‘chirilib, Uzcard to‘lov tizimi nomidan WEBSUM bilan hamkorlikda aksiya tashkil etilgan», – deyiladi kompaniya bayonotida.

Reklamada taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu tadbirda qatnashgan ishtirokchilar o‘z karta raqamlarini kiritib, pul miqdori o‘tkazish evaziga ushbu yuborilgan mablag‘dan ma’lum miqdorda foizlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

O‘QING: UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda

«Ushbu aksiyaning Uzcard banklararo to‘lov tizimi faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q», – deya ma’lum qildi YaUPM. Ushbu holat yuzasidan surishtiruv boshlangan, kompaniya surishtiruv natijalari haqida yaqin vaqt ichida axborot berishini bildirgan.

YaUPM axborotida qo‘shimcha qilinishicha, uzcard.org, uzcard.com, uzcard.info va boshqa shu kabi domenlarning Uzcard brendiga aloqasi yo‘q va ular norasmiydir.

Kompaniya mijozlarni hushyor bo‘lishga va tekshirilmagan manbalarga ishonmaslikka chaqirgan. YaUPMning rasmiy domeni uzcard.uz bo‘lib, bu yerda kompaniya faoliyatiga daxldor yangiliklar va aksiyalar haqida e’lonlar berib boriladi.

O‘QING: Prezident qaroriga ko‘ra UzCard monopoliyasiga barham beriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!