Apple “aqlli” soat bilan bog‘liq sudda yutqazdi

Apple “aqlli” soat bilan bog‘liq sudda yutqazdi

Apple kompaniyasi Apple Watch Sport aqlli soatlarining oynasiga shikast yetgan taqdirda qoniqarli ta’mirlashga kafolat yo‘qligini bildirgan. Singan gadjet egasi ishlab chiqaruvchi ustidan sudga ariza berdi va yutib chiqdi, deb xabar berdi BBC News.

Sinish? Kafolatlanmagan voqelik

32 yoshli Uelslik Garet Kross 2015 yilning iyul oyida Apple Watch Sport aqlli soatini sotib olgandi. O‘n kun o‘tgach, gadjetning Ion-X oynasida kichik chatnash borligini payqab qoldi va aqlli soatlarni ta’mirlovchi Apple servis markaziga murojaat qiladi.

Biroq servis markazi xodimlari soatni ishonchli ta’mirlashga kafolat yo‘qligini bildiradi. Shundan so‘ng, Garet Kross yolg‘on reklama va sotib oluvchilarni chalg‘itish yuzasidan sudga ariza yozgan.

Apple, sen nohaqsan!

Sud jarayonlari yarim yilga yaqin davom etgan. Kross bu davrda yo‘qotgan vaqti va asablariga achinmasligini bildirgan. Eng muhimi, kompaniya bundan buyon yanada hushyor bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

Qizig‘i shundaki, sud jarayonlari yakunlanishi bilan Apple kompaniyasi aqlli soatlarning texnik imkoniyati haqidagi ma’lumotlarga o‘zgartish kiritdi. Ya’ni Apple Watch Sport aqlli soatidan “zarbga chidamli” degan qismini olib tashladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.