Apple eng qimmat brendlar ro‘yxatida yana birinchi

Apple eng qimmat brendlar ro‘yxatida yana birinchi

Forbes jurnali xabariga ko‘ra brend narxi bir yilda 6 foizga o‘sib 154,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Google bo‘lib, uni Forbs 82,5 mlrd dollarga baholadi.  “Tishlangan olma” qatorasiga oltinchi yili jahonning eng qimmat brendi mavqeini saqlab kelmoqda.

Apple va Googledan tashqari yuqoridagi beshlikdan Microsoft ($75,2 mlrd), Coca-Cola ($58,5 mlrd) va Facebook ($52,6 mlrd) o‘rin olgan. Undan keyingi o‘rinlarda Toyota ($42,1 mlrd), Disney ($39,5 mlrd) McDonald’s ($39 mlrdga yaqin) kompaniyalarini ko‘rish mumkin. Janubiy Koreyaning Samsung brendi ($36,1 mlrd) ro‘yxatning 11-qatoridadir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!