Apple iPhone yordamida olingan “jonli foto”lar foydalanuvchi ruxsatisiz geoma’lumotlarni saqlaydi

Apple iPhone yordamida olingan “jonli foto”lar foydalanuvchi ruxsatisiz geoma’lumotlarni saqlaydi

Apple smartfonlari shaxsiy ma’lumotlarga doir navbatdagi yangilikning qahramonlariga aylanishdi. Bu gal mazkur smartfonlar kameralari orqali “jonli foto”ni olishga mo‘ljallangan Live Photos funksiyasida juda dolzarb kamchilik aniqlangan.

IXBT nashrining yozishicha, mazkur muammo haqida iPhone 7 modelidan foydalanadigan xitoylik ayol ilk bora xabar bergan. Ayol o‘z qizi bilan bolalar bog‘chasi atrofida suratga tushib, uni Weibo tarmog‘iga yuklaydi, oradan biroz muddat o‘tgach, noma’lum erkak unga qo‘ng‘iroq qilib bog‘chaning aniq manzilini aytadi. Erkakning hech qanday g‘arazli niyati bo‘lmagan, u shunchaki ayolni “jonli foto”larda geojoylashuv ma’lumotlari mavjudligi haqida ogohlantirgan. Ayol smartfonda geoma’lumotlar bilan aloqador hech qanday fuknsiyalarni yoqmaganini qayd qilgan.

Apple vakili ushbu holatni izohlar ekan, joylashuvni aniqlash funksiyasi foydalanuvchilarga o‘zlari haqida yanada ko‘proq ma’lumotni saqlash imkoniyatini berishini va uni o‘chirish smartfonning boshqa funksiyalariga ta’sir qilishini ta’kidlab o‘tgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!