Galaxy S10 ilk «jonli» suratda – rom degan narsaning o‘zi yo‘q!

  •   DiMaX
  •  3537
  •  20.06.2018 15:30

Galaxy S10 ilk «jonli» suratda – rom degan narsaning o‘zi yo‘q!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy S10 smartfonini hali keyingi yil taqdim etadi. Lekin uning xususiyatlari, dizayni haqida bir qator ma’lumotlar tarqalib ulgurgan.

O‘QING: Galaxy S10 doimgidan ertaroq chiqadi. Bunga jiddiy va quvonchli bir sabab bor!

Ice universe nikli insayder o‘zining Twitter-sahifasida e’lon qilgan noma’lum romsiz smartfonni ham aynan shu Samsung Galaxy S10 flagmani, deya taxmin qilishmoqda. Mana, o‘zingiz ko‘rib zavqlaning:

Kodli nomi Beyond bo‘lgan Samsung Galaxy S10 modelining displeyi atrofida rom umuman bo‘lmasligi aytilgan. Suratdagi qurilmaning ham old panelida na so‘zlashish dinamigi tirqishi, na old kamera va na boshqa biror datchik ko‘zga tashlanmaydi.

Tabiiyki, Samsung kompaniyasi bu borada biror rasmiy izoh bermagan. Mazkur suratdagi smartfonning shunchaki Galaxy S9 modeli asosida yasalgan qalbaki model bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

O‘QING: Haqiqiy Samsung Galaxy telefoni qanday bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.