Galaxy S20 Ultra'ning ichini ochib ko‘rishdi

Galaxy S20 Ultra'ning ichini ochib ko‘rishdi

Samsung o‘zining Galaxy S20 Ultra flagmanining kameralari haqida anchayin maqtangan. Biroq nega linzalardan iborat modul bunchalik bo‘rtib chiqqan?

Ushbu savolga iFixit javob topishga harakat qildi va qurilmaning ichini ochib ko‘rdi. Smartfon 108 megapiksellik kamerasining o‘ziyoq anchayin katta bo‘lib, iPhone 11'dagi 12 megapiksellik linzalardan ikki marta ko‘proq joy egallaydi. Yon tomonlarga harakatlanuvchi periskopga o‘xshash zum kameraga ham anchayin joy ajratilgan.

Yana ko‘rish mumkinki, smartfon ichida asosiy chip va 5 000 mA/soatli akkumulyator uchun juda kam joy qoldirilgan.

Qurilmani ochib ko‘rganingizdan so‘ng, uni qayta yig‘a olish ehtimoli juda kam. Avvalo, korpusni ochishdan oldin uni yelimsizlantirish kerak. Dispey va akkumulyatorni qayta o‘z joyiga qo‘yish esa o‘ta murakkab. Ishlab chiqaruvchilar Galaxy S20 Ultra'ning har bir millimetridan unumli foydalanishga harakat qilgan, smartfon tuzatuvchi ustalarning ta’mirlash ishlari esa prioritet bo‘lmagan.

Agar siz ham smartfon tuzatuvchi usta bo‘lsangiz, o‘zingizga kerakli bo‘lgan asbob-uskunalarni bu yerdan topishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!