Geymerlar yaxshi ko‘radigan Black Shark smartfoni juda alomat chiqib qoldi:

  •   Saroy
  •  2352
  •  05.07.2018 11:01

Geymerlar yaxshi ko‘radigan Black Shark smartfoni juda alomat chiqib qoldi:

AnTuTu dasturchilari iyun oyining eng samarali ishlaydigan  o‘nta Android-smartfonini aniqlashdi.

Liderlar o‘rin almashdi

Agar o‘tgan oyda birinchi o‘rinni OnePlus 6 egallagan bo‘lsa, endi aprel oyida lider bo‘lgan Xiaomi Black Shark 287 000 ball olib yana birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin Vivo Nex (284 000 ballov) brendiga nasib etdi. O‘tgan oyning karvonboshisi OnePlus 6 bu safar uchunchi o‘rin (282 000 ballov) bilan  kifoyalanadigan bo‘ldi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Xiaomi Mi 8, Smartisan Nut R1, Samsung Galaxy S9+, Xiaomi Mi MIX 2s, Samsung Galaxy S9, Sony Xpria Z2 va Nubia Red Magic smartfonlari joy olishdi.

O‘QING:Qualcomm so‘n’iy ong bilan ta’minlangan chiplarini namoyish etdi

Faqat Snapdragon

Shunisi ajablanarliki, kuchli o‘nlikka kirgan smartfonlarning hammasi   Qualcomm Snapdragon protsessorlarida ishlaydi. Kirin 970 chipida ishlayotgan Huawei modeli top o‘nlikni tark etdi.

Shu bilan birga, o‘nta smartfonning to‘qqiztasi Snapdragon 845 da ishlaydi, faqat Nubia Red Magic Snapdragon 835 protsessoriga ega, u eng kuchlilarning o‘ninchisi bo‘ldi.

O‘QING:Meizu 16 va 16 Plus: narxlar flagmanchasiga bo‘ladi