Google Allo messenjerida selfilardan stikerlar yaratish mumkin bo‘ladi

Google Allo messenjerida selfilardan stikerlar yaratish mumkin bo‘ladi

O‘tgan yili chiqarilgan Google Allo messenjerida garchi bir qator yangi funksiyalar mavjud bo‘lsa-da, u foydalanuvchilar orasida kutilgan darajada ommalashmadi. Relizdan keyin Google ko‘p sonli yangilanishlarni tatbiq etdi, ammo bu ham messenjerning ommalashuviga yordam berolmadi.

4PDA nashrining ma’lum qilishicha,  joriy haftada Google messenjerni 5.0 versiyasiga yangilagan, endilikda u Chrome Custom Tab funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Bu esa messenjerga yuborilgan linklarni ilovadan chiqmasdan ochish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, selfilardan stikerlar yaratishga xizmat qiladigan yangi funksiya ham ushbu versiya orqali messenjerda paydo bo‘ladi. Messenjer selfidagi neytral yuz ifodasidan stikerlar to‘plamini yaratishi ma’lum qilingan. Yangilanish tez orada foydalanuvchilar e’tiboriga havola etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.