Besh modulli inqilobiy kamerali Nokia 9 g‘ilofining suratlari chiqdi!

  •   DiMaX
  •  796
  •  20.11.2018 14:02

Besh modulli inqilobiy kamerali Nokia 9 g‘ilofining suratlari chiqdi!

HMD Global kompaniyasi 5 dekabr kuni Dubayda taqdimot tadbiri o‘tkazishini e’lon qilgan. Unda uchta modeldagi smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda.

O‘QING: Dubay, 5 dekabr: Nokia biryo‘la uchta smartfon taqdim etadi!

Shuningdek, kompaniya ushbu brendning anchadan buyon kutilayotgan flagmani – Nokia 9 PureView haqida ham ma’lumotlar chiqib kelayotir. Jumladan, kuni kecha uning zavoddagi chizmalari asosida tayyorlangan g‘ilofi surati internetda tarqaldi.

Smartfon korpusining pastki qirrasida joy oladigan USB-C porti va uning yonidagi dinamiklar uchun g‘ilofda tirqishlar mavjud.

O‘QING: Atigi 24 dollarlik, ammo quvvati naq uch haftaga yetuvchi Nokia 106 taqdim etildi!

Shuningdek, orqa panelda doirasimon shaklda joylashgan yettita teshik bor: bulardan biri fotochaqnoq uchun, yana biri PDAF-lazer uchun, qolgan beshtasi esa bosh kameraning beshta sensori uchun ochilgan.

Nokia 9 PureView kelasi yilning fevralida rasman namoyish qilinishi, buning uchun alohida marosim uyushtirilishi kutilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa mazkur brendning ikkita telefoni savdoga qo‘yilgan. Sariq korpusli «bananafon» – Nokia 3310 (2017) devaysini atigi 529 000 so‘mevaziga xarid qilish, qora tusli «g‘isht» telefon – Nokia 8110 4G 2018 modelini esa 759 000 so‘mga sotib olish imkoni bor.

O‘QING: «Malika»dagi do‘konlar ishlamayapti – nima gap o‘zi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!