Instagram’ning Windows 10 dasturiga mo‘ljallangan ilovasi chiqarildi

Instagram’ning Windows 10 dasturiga mo‘ljallangan ilovasi chiqarildi

Endilikda Windows 10 platformasida ishlaydigan kompyuter, noutbuk va planshetlarda Instagram fotoservisidan maxsus ilova yordamida foydalanish mumkin. Hozircha Microsoft’ga qarashli barcha qurilmalardan faqat Xbox va HoloLens fotoservisdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana olmaydi, biroq ushbu kamchilik ham tez orada bartaraf etilishi kutilmoqda.

Ilova Windows 10 dasturida ishlaydigan qurilmalarda fotoservisning deyarli barcha funksiyalaridan foydalanishga (tezkor xabarlar almashish, rasmlarni yuklash va ko‘rib chiqish va boshqalar) imkoniyat beradi.

Instagram’ning Windows 10 versiyasi xuddi mobil gadjetlar uchun chiqarilgan ilovalar singari ishlaydi. Unda profilni ko‘rish, yangiliklar va tasvirlar lentasi bilan tanishish, izoh qoldirish hamda bildirishnomalar olish mumkin. Shuningdek, kompyuterdan tasvirlarni ilovaga yuklash funksiyasi ham ko‘zda tutilgan.

Ilovani Windows Store do‘konidan yuklab olish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.