Josus-kaptarlar paydo bo‘ldi: harbiylarning uyqusi qochmoqda

  •   Saroy
  •  1903
  •  16.08.2018 17:08

Josus-kaptarlar paydo bo‘ldi:  harbiylarning uyqusi qochmoqda

Xitoy nashrlarining yozishicha, mamlakatning kamida beshta viloyatida kuzatish uchun dronlardan foydalaniladi, ular xuddi shaharning oddiy kaptarlariga o‘xshaydi.

Dove dronlari lineykasi qushlarga shunchaki o‘xshash emas, balki o‘zlarini xuddi qushlardek tutadi va harakatlarini  ham qanotli do‘stlarinikidan ajratish qiyin. Robotkaptarlar haqiqiy qushlarga o‘xshab, qanotlarini silkitadi, yerdan osmonga ko‘tarilib, keyin pastga shung‘uydi. Qush shunchalik haqiqiy ko‘rinadiki, hatto tirik kaptarlar undan cho‘chimay, bemalol yonida uchib yuradi.

O‘QING:XXI asr suiqasdi: «dron-qotil» davri boshlandimi?

Mazkur uchar qurilmalar Sian shahrida joylashgan Shimoli-g‘arbiy Politexnika universitetida ishlab chiqarilmoqda. Har bir  Dove droni kamera, GPS-datchiklar va ma’lumotlarni uzatish tizimi bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, robotkaptarlar radarlardan ham himoyalangan. Shunday sifatlarga ega sun’iy kaptarlar harbiylarning e’tiborini tortmay qolmaydi, albatta. Ular endi uchar qurilmalardan mamlakatdagi barcha fuqarolar ustidan nazorat qilishda foydalanishni rejalashtirmoqda.  Dronlarning bir qismi fuqaro aviyasiyasi ehtiyojlari uchun sotib olinadigan bo‘lyapti.

Dove loyihasi ustida ish olib borayotgan muhandislar guruhi a’zosi Yan Vensinning ta’kidlashicha, yangi texnologiya dalalarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Ammo. qushga o‘xshash dronlar uchuvchisiz boshqariladigan boshqa qurilmalar miqdoriga qaraganda hozircha unchalik ko‘p emas. «Ishonchimiz komilki,  mazkur texnologiyadan yanada yirik miqyosda foydalansa bo‘ladi. Unda fuqaro sohasida ham, harbiy sohada ham qator ustunliklar mavjud», — deydi Vensin.

O‘QING:O‘zbekistonda o‘rmonchilik xo‘jaliklari dronlardan foydalanishi mumkin

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!