Kelajak bitkoini: dunyodagi eng tezkor kriptovalyuta namoyish qilindi

  •   Saroy
  •  584
  •  21.09.2018 12:06

Kelajak bitkoini: dunyodagi eng tezkor  kriptovalyuta namoyish qilindi

Elixxir deb nom olgan yangi platforma bitkoin tarmog‘i tezkorligini ancha yaxshilashga va’da bermoqda. Bu minglab tranzaksiyalarni bir sonida qayta ishlash evaziga bo‘ladi.

Bitkoin paydo bo‘lishidan o‘n yil avval eCash raqamli valyutasini yaratgan Devid Shaum yangi platformani taqdim etdi. Uning aytishicha,  yangi platforma raqamli pullar bilan savdo qilishni xuddi jismoniy savdodadigek tez amalga oshirish imkonini beradi.

Elixxir  platformasi  soniyada minglab tranzaksiyalarni ishlashi bilan birga, tarmoqni qo‘llab quvvatlab turish uchun sarf bo‘ladigan energiyani ham qisqartiradi. Hozirda bitkoin tarmog‘i soniyada yettitaga yaqin tranzaksiyani ishlay oladi. Bunday sekinlik tarmoqni ommalashtirishda asosiy to‘siq hisoblanadi.  Taqqoslash uchun, masalan Visa xuddi shunday vaqt davomida o‘n minglab tranzaksiyaga ishlov bera oladi. Endi Elixxir ham shunday tezlikni va’da qilmoqda.

O‘QING:Yong‘in, qarz va qamoq: qismatni qora qilgan kriptovalyuta

Bitkoin tarmog‘idan farqli ularoq, bu bloklar dastavval ishlab chiqariladi va keyin tranzaksiya yozuvi bilan to‘lib boradi, bu ishlov berish vaqtini sezilarli ravishda qisqartiradi. Ushbu yangi tizimda bloklar real tranzaksiyalarni saqlamaydi va raqamli hamyonlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Tarmoq oz ma’lumotni saqlaydi, bu kamchillikni kamaytiradi va ishlash uchun zarur bo‘lgan energiyani ham qisqartiradi.

Nihoyat, Elixxir’dagi tarmoqning barcha ishtirokchilari uskunalarining quvvati turlicha bo‘lishiga qaramay, birdek ta’minlanadi, platformaning o‘zi esa xuddi ochiq kirish kodiga ega loyiha sifatida ilgari surilmaqda. Maqsad, dasturchilar uni yanada yaxshilashga va uning bazasida o‘zlarining ishlanmalarini  ham yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

 O‘QING:Haqiqiy bahosini endi topdi: AQShda bitkoin 1 dollardan sotilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!