Keyingi iPhone’lar ham, xuddi Galaxy S10 kabi, «ko‘rinmas» old kamerali bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  570
  •  29.09.2018 11:50

Keyingi iPhone’lar ham, xuddi Galaxy S10 kabi, «ko‘rinmas» old kamerali bo‘ladi!

Apple korporatsiyasi smartfonning old yuzasini ekran imkon qadar kengroq qoplashini ta’minlash maqsadida, iPhone X yubiley superflagmanida old kamera va boshqa datchiklarni joylashtirish uchun displeyning tepasida «kemtik» qoldirishni joriy etgandi. Keyinchalik bu trendga aylanib ketgan, faqatgina «ashaddiy raqibi» o‘z smartfonlarida «o‘yiqli» ekran qo‘llamasdan, boshqa yechim topgan.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 selfi-kamerasi ekranning o‘ziga joylangan, ammo u «g‘oyib bo‘la» oladi! («jonli» suratlar)

Xabarlarga ko‘ra, endi kupertinolik korporatsiya ham o‘zining smartfonlarida «ko‘rinmaydigan» selfi-kameralar joriy etmoqchi. Bu haqda Xitoydagi GF Securities investitsion kompaniyasining tahlilchisi Jeff Pu (Jeff Pu) ma’lumot bergan.

Aytilishicha, iPhone’lar uchun kamera ob’yektivlari yetkazib beruvchi Largan Precision kompaniyasi maxsus qora qoplama yaratish ustida ishlamoqda. Bu qoplama old kameralar linzalari uchun qo‘llangan bo‘lib, ularni ko‘rinmas qilishga mo‘ljallangan.

Tahlilchining fikricha, 2020 yilda ushbu texnologiyani bitta yoki ikkita smartfonsoz o‘z mahsulotida qo‘llashi mumkin. Largan Precision kupertinoliklar bilan jipsroq hamkorlikda ekanini hisobga olsak, bunaqa yashirin old kameralar kelajakdagi iPhone’larda qo‘llanishi ehtimoli yuqori.

Apple’ning shu paytgacha chiqarilgan bir necha modellardagi ayfonlari qatori, bu yilgi flagmanlari ham uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib, internet-do‘konimizdan onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin. Bunda o‘zingizga qulay tarzda to‘lov qilishingiz, haqini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘lashingiz kabi imkoniyatlar ham mavjud.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!