Lamborghini Edition 35 daqiqada to‘liq quvvatlanadi

  •   Saroy
  •  1161
  •  21.06.2018 16:15

Lamborghini Edition 35 daqiqada to‘liq quvvatlanadi

Oppo kompaniyasi nafaqat  Oppo Find X flagman smartfonini namoyish qildi, balki uning premium-versiyasi bo‘lmish — Oppo Find X Lamborghini Edition’ni ham xaridorlar hukmiga havola etdi. Yangi qurilma nafaqat tashqi ko‘rinishida yangiliklarga ega, balki aparat sifatida ham bir qator ustunliklari bor, deyilmoqda xabarda.

Shunday qilib, hammasi bir boshdan: Oppo Find X Lamborghini Edition MWC 2016 ko‘rgazmasida namoyish etilgan  Super VOOC Flash Charge texnologiyasi bilan qo‘llab quvvatlangan ilk smartfon bo‘ldi.

O‘QING: Oppo A73 bir yumalab Oppo A73s’ga aylanmoqda: texnik imkoniyatlari qanday bo‘ladi?

Smartfon 3400 mAch sig‘imiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan va Super VOOC Flash Charge texnologiyasiga suyanadi. Kuchli quvvatlantirgich SuperVOOC yordamida qurilma   35 daqiqada 100 foiz quvvat oladi.  Shuningdek, gadjetning ichki xotirasi 256 GB dan 512 GB’gacha ortdi. Orqa paneli uglerod tolasidan Lamborghini logotipiga ega. Boshqa parametrlari  xuddi haqiqiy Oppo Find X’nikiga o‘xshaydi.

Oppo Find X Lamborghini Edition smartfoni  Oppo Find X bilan birga  2018 avgust oyida savdoga chiqariladi, narxi 1699 yevro.

O‘QING: Parijda "rekordchi" Oppo Find X taqdim qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.