Lenovo Z5: inqilobiy smartfon old yuzasini ilk bor to‘laligicha ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1870
  •  01.06.2018 13:02

Lenovo Z5: inqilobiy smartfon old yuzasini ilk bor to‘laligicha ko‘ramiz!

Tez kunlarda – 5 iyun kuni rasman namoyish etiladigan Lenovo Z5 nafaqat eng kutilayotgan, balki eng sirli smartfonlardan biridir. Ishlab chiqaruvchi uning to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekordchi bo‘lishini da’vo qilayotir.

O‘QING: Naq to‘rtta texnologiya bo‘yicha rekordchi – Lenovo Z5 mobil fotografiyada ham burilish yasayapti!

Ushbu kompaniya o‘z brendini bozorga to‘laqonli qaytarish uchun yangi flagmanini juda ilg‘or qilib tayyorlamoqda. Ammo qurilmaning o‘zidan vahimasi katta bo‘lyapti: Lenovo kam-kamdan bu smartfonining turli jihatlarini e’lon qilib, hammaning diqqatini unga jalb etib kelayotir.

Masalan, Lenovo Z5 flagmanining naq 4 terabaytlik ichki xotiraga ega versiyasi ham chiqariladi. Bu qurilma shu paytgacha bozorga taqdim etilgan smartfonlar orasida eng romsizi bo‘lishi va’da qilingan. Lekin uning eng qiziq xususiyatlaridan biri akkumulyatori bilan bog‘liq. Smartfon batareyasini bitta to‘ldirganda uning quvvati 45 kungacha yetadi, deyishyapti – bunaqasi bo‘lmagan, axir! Yana...

O‘QING: Lenovo Z5 flagmani hatto quvvati 0 foizga tushganda ham ishlaydi

Shu kunlarda kompaniya bu modelini maqtashda sal tanaffus qilib turibdi, lekin Lenovo Z5 bilan bog‘liq bitta ma’lumotni boshqa manbalar internetga chiqarib yuborishdi. Aniqrog‘i – smartfonning old paneli to‘laligicha aks ettirilgan birinchi surat tarqaldi. Aytish kerakki, Lenovo shu paytgacha bu flagmanining faqat ayrim qismlarinigina ko‘rsatib kelayotgan edi.

Xullas, agarda chet manbalarga ishonadigan bo‘lsak, Lenovo Z5 old paneli quyidagicha ekan:

Ko‘rib turganingizdek, Lenovo Z5 ekranining pastida, garchi yupqa bo‘lsa-da, baribir romi mavjud. U yerda smartfonning old kamerasi va boshqa kerakli datchiklar o‘rin olgan. Shuningdek, xitoyliklar bu qurilmasi ekranida iPhone X dizayniga ergashishmagani ham ahamiyatli.

Hali Lenovo Z5 taqdimotigacha uning boshqa suratlari, shuningdek, turli jihatlari haqida ma’lumotlar chiqib qolsa kerak. Ulardan birinchilar qatorida bahramand bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Romsiz Lenovo Z5 smartfoni: orqa korpusi shishali bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!