Meizu X8: kompaniyaning displeyi qirqmali ilk smartfoni

  •   Saroy
  •  891
  •  21.07.2018 14:51

Meizu X8:  kompaniyaning displeyi qirqmali ilk smartfoni

Xitoyning ITHome portali hali tanishtirilmagan Meizu X8 smartfonining old paneli suratini namoyish qildi.

Suratga qarab baho beradigan bo‘lsak, Meizu X8 keng formatli iPhone X’dagidek qirqmali ekranga ega hamda  dizayni ham klassik ko‘rinishda.

Mish mishlarga qaraganda, Meizu X8 yangi Snapdragon 710 chipiga ega bo‘lib,  10 chi texprotsessda qurilgan Adreno 616 grafikasiga ega. Smartfon xotirasi turli sig‘imda, jumladan:  6/64 GB va 6/128 GB. Birinchi variant uchun 225 dollar to‘lash kerak bo‘ladi, ikkinchi varianti biroz qimmatroq bo‘lib, 300 dollarga baholangan.

O‘QING:Diqqat! MEIZU yangilanish e’lon qildi

Meizu kompaniyasi bozorda boshqa kompaniyalarga qaraganda anchayin sobit turdi va “monobrovli” trend ortidan ergashmadi. Lekin baribir, ushbu ma’nisiz va shafqatsiz moda bosimi tufayli Meizu  qo‘rg‘oni ham quladi. Shu bois, tez kunlarda bizni hech qanday jozibasi yo‘q, tavsifi ham,  tashqi tomoni ham Apple flagmaniga o‘xshash  navbatdagi klon kutmoqda, desak ham bo‘laveradi.

O‘QING:Meizu 16 Plus sinovdan o‘tdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!