Mish-mishlar: OnePlus 6T kuzda sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum

  •   Saroy
  •  2335
  •  18.08.2018 14:47

Mish-mishlar: OnePlus 6T kuzda sotuvga chiqadi, narxi ham ma’lum

Tarmoqlarda yangi OnePlus 6T smartfoni  tafsilotlari bilan paydo bo‘ldi.

Amerikaning CNET nashri ma’lum qilishicha, kompaniyaning yangi OnePlus 6T flagmani oktyabrda namoyish qilinadi. Ya’ni OnePlus 6’ning anonsi o‘tgandan 5 oy keyin. Yangi qurilma avvalgi modellari kabi qimmatlashib (20 dollarga), 550 dollarga narxlangan. Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha,  OnePlus amerikalik operator T-Mobile bilan kelishuvga erishgan. Bu esa, OP 6T apparati mazkur kompaniyaning AQShdagi operatoriga ega ilk smartfoni bo‘lishi mumkin.

O‘QING:TEST: Samsung’ning eng qimmat, eng zo‘r flagmani iPhone X va OnePlus 6’gayam bas kelolmadi!

Taxmin qilinishicha, smartfon  yaqinda taqdim qilingan Oppo R17’ga o‘xshagan dizaynga ega bo‘ladi. Uning korpusi shishadan. Qurilmada ikkitalik kamera, kichraytirilgan qirqma va displeydagi barmoq izlari skaneri mavjud. O‘ziga xos jihatlari haqida gap ketadigan bo‘lsa,  yangi apparat OP 6T Snapdragon 845 chipi bilan ta’minlanishi kerak. Qolaversa u  6/8 GB OZU, 64/128/256 GB PZU hamda sig‘imi 3400 mAch bo‘lgan batareyaga ega. Hatto, Warp Charge (o‘tmishda Dash Charge) tezkor quvvatlantirgich tizimi bilan ham ta’minlangan.

O‘QING:OnePlus 6 smartfonida muammo: ekran chirog‘i miltillab yonib qolmoqda

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!