Nokia yil oxirigacha 4 ta Android qurilmani taqdim etadi

Nokia yil oxirigacha 4 ta Android qurilmani taqdim etadi

Avvalroq xabar berganimizdek, Nokia brendi Android bazasida ishlaydigan qurilmalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yana jahon bozoriga qaytish niyatida.

Nokia rasmiylaridan bo‘lgan Mayk Van kompaniya bir nechta Android qurilmalarni tayyorlatgani haqida xabar berib, yil oxirigacha 3-4 ta yangi devayslar namoyish qilinishini tasdiqlagan. Bularning bir qismi smartfon va bir qismi planshetlar bo‘lishi mumkin.

Nokia gadjetlari Apple qurilmalarini tayyorlaydigan Xitoyning Foxconn kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Hozirgacha mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Nokia 5.2 va 5.5 dyuymli smartfonlarni tayyorlamoqda. Shuningdek, 7.9 va 9.7 dyuymga ega bo‘lgan planshetlar ham namoyish etilishi mumkin.

Qurilmalarning apparat qismi haqida biror taxmin bildirishga hali erta.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!