OnePlus Xiaomi'ni ortda qoldirdi!

OnePlus Xiaomi'ni ortda qoldirdi!

Xiaomi va Oppo kompaniyalari tez orada o‘zlarining smartfonlari Android 11 Beta proshivkasida ishlay boshlashini e’lon qilib maqtangan edi, ammo OnePlus har ikki kompaniyani changida qoldirdi.

Gap shundaki, OnePlus 8 va 8 Pro flagmanlari uchun allaqachon Android 11 Beta tizimi ishlab chiqilib, qiziquvchan foydalanuvchilarga yuborib bo‘lindi. Bu beta dasturchilar uchun mo‘ljallangan dastlabki reliz hisoblanadi.

OnePlus jo‘natgan beta dasturchilar uchun bo‘lib, kundalik ravishda foydalanishga unchalik ham mo‘ljallanmagan. Kompaniyaning o‘zi ham bir qator kamchiliklar borligini ta’kidlagan. Qulf ekranini yuz biometrik ma’lumotlari bilan ochish funksiyasining mavjud emasligi, Google ovozli yordamchisining ishlamayotgani, video qo‘ng‘iroq amalga oshirish imkonsizligi va «interfeysning ba’zi oynalari ko‘ngildagidek» ko‘rinishga ega emasligi shular jumlasidan.

Bundan tashqari, tizim barqarorligi borasida ham muammolar bo‘lishi mumkinligi, ba’zi ilovalar siz kutgandek ishlamasligi, Android 11 Beta proshivkasini o‘rnatishingiz bilan barcha ma’lumotlaringiz o‘chib ketishi mumkinligini yoddan chiqarmang. Shoshmang, smartfoningiz butunlay buzilib qolishi mumkinligini ham aytdikmi? Ha, xuddi shunday bo‘lishi mumkin. OnePlus'ga kelgan hozirgi beta talqinni o‘rnatish ayni tizimni Pixel'larga o‘rnatish kabi silliq kechmaydi.

Dasturchilar uchun mo‘ljallangan ushbu beta talqinni faqatgina dasturchilar yoki har narsada boshqalardan birinchi bo‘lishni xohlovchilar o‘rnatgani ma’qul, bizningcha. Agar siz ham xuddi shunday toifaga kirsangiz, quyidagi havolalar orqali o‘z smartfoningiz tizimini yangilang: birinchi manba, ikkinchi manba.

O‘QING: Android 11’ning ilk beta-talqini sakkizta smartfonga rasman taqdim etildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.